• Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi klinik oldi fanlar blokiga kiruvchi kafedra bo‘lib, oliy tibbiy ta’lim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda asosiy baza Toshkent tibbiyot pediatriya institutining asosiy o‘quv binosida hamda qo‘shimcha klinik baza(lar) sifatida Qibray tumani tibbiyot birlashmasi, Olmazor tumani “Yangi Hayot” xususiy klinikasida joylashgan. Shuningdek, kafedra Mirzo Ulug‘bek tumani sanitariya-epidemiologiya Markazi bilan shartnoma asosida faoliyat olib bormoqda.
  • Kafedrada 24 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi va ilmiy salohiyat 75%ni tashkil etadi (5 nafari t.f.d., DSc, 13 nafari t.f.n, PhD). Kafedrada ta’lim jarayoni bakalavriatning 6 ta ta’lim yo‘nalishlarida “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish” va “Gigiyena, tibbiy ekologiya” fanlari bo‘yicha olib boriladi hamda magistratura va klinik ordinatura orqali Menedjment mutaxassislari tayyorlanadi.

Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi bakalavriatning 5 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda: “Pediatriya ishi”, “Davolash ishi”, “Tibbiy pedagogik ishi” (Davolash ishi), “Tibbiy biologiya ishi”, “Xalq tabobati” ta’lim yo‘nalishlari. 2024-2025 o‘quv yili magistraturada jami 3 nafar magistrant tahsil olmoqda.

Jumladan 1-kursda – 1 , 2-kursda – 2 nafar.

  • Jamoat salomatligi bo‘yicha bakalavr yo‘nalishi va mutaxassislarni magistratura orqali tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarida keltirilgan o‘quv adabiyotlari institut Axborot-resurs markazida mavjud va o‘quv adabiyotlar bilan ta’minot darajasi 100%ni tashkil etadi. Shuningdek, institut ARMda soha tegishli monografiyalar, uslubiy tavsiyanomalar, dissertatsiya ishlari, mahalliy va xorijiy ilmiy-amaliy davriy nashrlar mavjud.

Tayyorlanadigan va nashr etiladigan o‘quv adabiyotlar rejasi ishlab chiqilgan
va tasdiqlangan. Kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida tasdiqlangan rejaga
asosan 2024 yilda 1 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqarilgan, 2025
yilda 1 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta monografiya nashrga topshirilgan.

Kafedrada soha tegishli 15 ta elektron ma’ruza va taqdimotlar mavjud bo‘lib,
shulardan 6 tasi kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan.
Institut veb saytiga (www.tashpmi.uz) ARM fondidagi mavjud darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalar va boshqa manbalarning elektron versiyalari kiritilgan,
shuningdek institut mt.tashpmi.uz moodle platformasiga ham fan va mutaxassislik
bo‘yicha tegishli ma’lumotlar kiritilgan.