Kafedraning ilmiy faoliyatiga mas’ul: Tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent, Asadova G.A.
Xalqaro hamkorligi:
Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universitetining umumiy gigiena kafedrasi – Puzyrev V.G.


Kursk davlat tibbiyot universitetining umumiy gigiena kafedrasi – Chernykh A.M.

Kuban davlat tibbiyot universitetining tibbiy genetika kursi bilan biologiya kafedrasi – Alekseenko S.N.


Xalqaro kongresslar va stajirovkalarda qatnashish:
Kursk shahrida 2023-yil 23-martda “Atrof-muhit va aholi salomatligi” mavzusidagi xalqaro masofaviy ilmiy-amaliy konferensiya – konferensiya tashkilotchilari, ToshPTI “Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil etish” kafedrasi;

“Tibbiyotning dolzarb masalalari” X yillik xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya, 2023 yil 27-28 aprel – tibbiyot fanlari doktori, professor Iskandarova Sh.T., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Asadova G.A.;


Jamoat salomatligi va sog’liqni saqlash siyosati bo’yicha IV sun’iy yo’ldosh forumi. Baku, Ozarbayjon, 2023 yil aprel – tibbiyot fanlari doktori, professor Iskandarova Sh.T., tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Asadova G.A.

«Science and Innovation» xalqaro ilmiy jurnali tashubbusi bilan har yili dekabr oyida «Olimlar bayrami» taqdirlash marosimi o’tkazilib kelinadi. Bu yil ham ushub tadbir respublikamizning ko’plab akademiklari, professorlari, olimlari va yosh tadqiqotchilarini bir joyga jamladi. Tashkilotchilar tomonidan Andijon davlat pedagogika instituti rektori boshchiligida institut vakillari ham ushbu taqdirlash marosimida ishtirok etish uchun taklif etildi. Toshkent shahridagi Turkiston san’at saroyida «Science and Innovation» xalqaro ilmiy jurnali hamda UzreportTV bilan hamkorlikda tashkil etilgan bu yilgi taqdirlash marosimida taniqli san’atkorlar va so’z ustalari ishtirokida konsert, ko’rgazmalar, «O’zbekistonning taniqli olimlari» ensiklopediyasi taqdimoti, «Mening muvaffaqiyat yo’lim» biografik ensiklopediyasi taqdimoti bo’lib o’tdi. «Olimlar bayrami» taqdirlash marosimida Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi dotsenti Nilufar Farhadovna Rasulovani “Yilning eng yaxshi tadqiqotchisi” nominatiyasiga ega bo‘ldilar.



Akademik mobillik
S.D.Asfandiyar nomidagi Qozog’iston milliy tibbiyot universiteti №1339-09-03-
01-22-09 20.02.2025 y. taklifnomaga binoan Eshdavlatov Bahriddin
Mahmatqulovich va Saidvakasov Akrom Ubaydullayevich 26.03.2025 –
31.03.2025 y. Akademik mobillik bo’yicha ma’ruza va amaliyot darslarini o’tkazib
kelishdi.

Chet el anjumanlarida ishtirok qilish
Iskandarova Shaxnoza To’lqinovna 19.03.2025-22.03.2025 y. Latviyaning Riga
shahrida bo’lib o’tgan “16-Yevropa ginekologlar jamiyati kongressi” da faol
qatnashib kelishdi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni
boshqarish kafedrasi klinik oldi fanlar blokiga kiruvchi kafedra bo‘lib, oliy tibbiy
ta’lim xususiyatlaridan kelib chiqqan holda asosiy baza Toshkent tibbiyot
pediatriya institutining asosiy o‘quv binosida hamda qo‘shimcha klinik baza(lar)
sifatida Qibray tumani tibbiyot birlashmasi, Olmazor tumani “Yangi Hayot”
xususiy klinikasida joylashgan. Shuningdek, kafedra Mirzo Ulug‘bek tumani
sanitariya-epidemiologiya Markazi bilan shartnoma asosida faoliyat olib
bormoqda.
Kafedrada 24 nafar professor-o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatadi va ilmiy
salohiyat 75%ni tashkil etadi (5 nafari t.f.d., DSc, 13 nafari t.f.n, PhD).
Kafedrada ta’lim jarayoni bakalavriatning 6 ta ta’lim yo‘nalishlarida “Jamoat
salomatligi va sog‘liqni saqlashni tashkil qilish” va “Gigiyena, tibbiy ekologiya”
fanlari bo‘yicha olib boriladi hamda magistratura va klinik ordinatura orqali
Menedjment mutaxassislari tayyorlanadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari:
Jamoat salomatligi va sog‘liqni saqlashni boshqarish kafedrasi
bakalavriatning 5 ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha talabalar o‘qitilmoqda: “Pediatriya
ishi”, “Davolash ishi”, “Tibbiy pedagogik ishi” (Davolash ishi), “Tibbiy biologiya
ishi”, “Xalq tabobati” ta’lim yo‘nalishlari.
2024-2025 o‘quv yili magistraturada jami 3 nafar magistrant tahsil olmoqda.
Jumladan 1-kursda – 1 , 2-kursda – 2 nafar.
Jamoat salomatligi bo‘yicha bakalavr yo‘nalishi va mutaxassislarni
magistratura orqali tayyorlash bo‘yicha o‘quv dasturlarida keltirilgan o‘quv
adabiyotlari institut Axborot-resurs markazida mavjud va o‘quv adabiyotlar bilan
ta’minot darajasi 100%ni tashkil etadi. Shuningdek, institut ARMda soha tegishli
monografiyalar, uslubiy tavsiyanomalar, dissertatsiya ishlari, mahalliy va xorijiy
ilmiy-amaliy davriy nashrlar mavjud.
Tayyorlanadigan va nashr etiladigan o‘quv adabiyotlar rejasi ishlab chiqilgan
va tasdiqlangan. Kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligida tasdiqlangan rejaga
asosan 2024 yilda 1 ta darslik va 3 ta o‘quv qo‘llanma nashrdan chiqarilgan, 2025
yilda 1 ta darslik, 3 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta monografiya nashrga topshirilgan.
Kafedrada soha tegishli 15 ta elektron ma’ruza va taqdimotlar mavjud bo‘lib,
shulardan 6 tasi kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan yaratilgan.
Institut veb saytiga (www.tashpmi.uz) ARM fondidagi mavjud darsliklar,
o‘quv qo‘llanmalar va boshqa manbalarning elektron versiyalari kiritilgan,
shuningdek institut mt.tashpmi.uz moodle platformasiga ham fan va mutaxassislik
bo‘yicha tegishli ma’lumotlar kiritilgan.
Академик мобиллик
Х.А.Ясави номидаги Халкаро қозоқ-турк университети №06/701 13.03.2025 й. таклифномага биноан Хаширбаева Динара Махкамбаевна ва Воронина Наталья Владимировна 07.04.2025 – 12.04.2025 йй. Академик мобиллик бўйича маъруза ва амалиёт дарслари ўтказиб келишди.

