IJTIMOIY FANLAR, PEDAGOGIKA VA PSIXOLOGIYA KAFEDRASI

ToshPTI rektorining 2021 yil 30 avgustdagi 371-son buyrug’iga ko’ra Fuqarolik jamiyati, pedagogika va psixologiya va Falsafa kafedralari qayta tashkil etildi va “Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya” kafedrasi deb nomlandi. Ushbu kafedra quyidagi fan sohalarida o’quv mashg’ulotlarini olib boradi:

  1. Pedagogika va psixologiya fanlari
  2. Falsafa fanlari
  3. O’zbekiston tarixi fanlari

Kafedraning o’qituvchilari 21 nafarni tashkil etadi. Ulardan 10 nafari ilmiy daraja va ilmiy unvonlarga ega bo’lgan professor-o’qituvchilar bo’lgani sababli kafedraning ilmiy salohiyati 50%ni tashkil etadi.

FALSAFA KAFEDRASI

Falsafa kafedrasi 1972 yilda o’z faoliyatini boshladi. Keyinchalik uning negizida “Falsafa”, “Siyosiy iqtisod”, “Ilmiy kommunizm” va “KPSS tarixi” kafedralari alohida tashkil etildi. 1993 yilda “Falsafa”, “O’zbekiston tarixi” va “Iqtisodiyot nazariyasi” kafedralari o’zaro birlashtirildi. 2004 yil ToshPTI Ilmiy Kengashining qarori bilan alohida “Falsafa” kafedrasi tashkil etildi. Falsafa kafedrasiga 1972-1978 yillarda dotsent N.E.Eshmetov., 1978-1986 yillarda professor O.E.Ergashev., 1986-1990 yillarda dotsent E.YU.YUnusov, 1990-1993 yillar professor M.N.Abdullayeva, 1993-2007 yillar professor X.F.Xaydarov, 2007-2008 yillar dotsent N.E.Muxammadiyev va 2008-2021 yillar professor X.F.Xaydarov rahbarlik qilib keldi.

Kafedraning dastlabki tarkibi

Professor N.E.Eshmetov, dotsent Salomov A.S., katta o’qituvchilar Golovachyov A.M., Olelenko A.F., Avakyans N.M., o’qituvchilar Nabiyev G.N. va Baxodirov A.B.

FALSAFA KAFEDRASINING MUDIRLARI VA PROFESSORLARI:

Eshmetov Narimon Eshmetovich

1937 yilda tug’ilgan, o’zbek, 1961 yilda O’rta Osiyo davlat universitetining biologiya fakul’tetini tugatgan. 1961-1962 yillar ToshDU “Falsafa” kafedrasi o’qituvchisi, 1962-1963 yillar O’zFA Falsafa va huquq instituti ilmiy xodimi, 1963-1966 yillar Moskva shahrida Falsafa va huquq instituti aspiranti, 1966-1970 yillar O’zFA Falsafa va huquq instituti katta ilmiy xodimi, 1970-1972 yillar Toshkent oliy partiya maktabi dotsenti, 1978-1990 yillar Vazirlar Mahkamasi qoshidagi Respublika rahbar xodimlar malakasini oshirish instituti Ijtimoiy-gumanitar fanlari kafedrasi mudiri, 1990 yildan Toshkent davlat agrar universiteti kafedra mudiri, kafedra professori lavozimlarida ishlagan. N.Eshmetov 2 ta monografiya, 15 ta uslubiy qo’llanma, 60dan ortiq ilmiy maqola va tezislar muallifi.

Ergashev Otaqul Ergashevich

1936 yilda tug’ilgan, o’zbek, faylasuf, falsafa fanlari doktori, professor. 1959 yilda ToshDUni tugatgan. 1959-1978 yillar ToshDU falsafa kafedrasida o’qituvchi va dotsent lavozimlarida ishlagan. 1978-1986 yillar ToshPTI “Falsafa” kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan.  Professor O.E.Ergashev 1967 yilda nomzodlik, 1982 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 90 dan ortiq ilmiy ishlar muallifi, 7 nafar fan nomzodlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.

Norboyev To’ra Norboyevich

1945 yilda tug’ilgan, o’zbek, falsafa fanlari nomzodi, dotsent, 1982-1997 yilning avgustiga qadar “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti va mudiri lavozimida ishlagan. Ushbu yillar davomida 20 dan ortiq o’quv qo’llanma, o’quv-uslubiy qo’llanma va mustaqillikning ijtimoiy-falsafiy ma’naviy, tibbiyotning falsafiy masalalariga bag’ishlangan 50 dan ortiq maqolalari e’lon qilingan

Abdullayeva Maxbuba Nurillayevna

1938 yilda tug’ilgan, o’zbek, falsafa fanlari doktori, professor. 1960 yilda SamDUni tugatgan. 1962-1990 yillarda O’zFA Ibrohim Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq institutida ilmiy xodim, katta ilmiy xodim, bo’lim mudiri lavozimlarida ishlagan. 1966 yilda nomzodlik, 1984 yilda doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 1990-1993 yillarda ToshPTI “Falsafa” kafedrasi mudiri, 1993 yildan hozirgi vaqtga qadar professor M.N.Abdullayeva O’zFA Ibrohim Mo’minov nomidagi Falsafa va huquq institutida bo’lim boshlig’i lavozimida ishlab kelmoqda. Professor M.Abdullayeva 2 ta monografiya va 100 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi, 5 nafar fan doktori va 20 dan ortiq fan nomzodlarining ilmiy ishlariga rahbarlik qilgan.

Erkin Yusupovich Yusupov

1940 yilda tug’ilgan, o’zbek, falsafa fanlari nomzodi, dotsent. 1962 yilda ToshDUni tugatgan. 1962-1969 yillar Teleradio qo’mitasida muxbir, bo’lim boshlig’i bo’lib ishlagan. 1982-1986 yillar Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti “Falsafa” kafedrasi mudiri, 1986-1990 yillar ToshPTI “Falsafa kafedrasi mudiri, 1990-1997 yillar kafedra dotsenti bo’lib ishlagan. Ustoz 40dan ortiq ilmiy maqola va 4ta o’quv-uslubiy qo’llanma muallifi.

Xaydarov Xurram Formanovich

O’rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti falsafa kafedrasi o’qituvchisi, katta o’qituvchisi.
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti falsafa kafedrasi dotsenti
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti falsafa kafedrasi mudiri
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti ma’naviyat va ma’rifat ishlari bo’yicha birinchi prorektori.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri o’rinbosari,
Toshkent pediatriya tibbiyot instituti falsafa kafedrasi mudiri

Muhammadiyev Nurmat Ergashevich

1953 yilda tug’ilgan, o’zbek, faylasuf, falsafa fanlari nomzodi, professor. 1979 yilda ToshDU Falsafa fakul’tetini tugatgan. 1979-1981 yillar SamDU Falsafa kafedrasi o’qituvchisi, 1981-1988 yillar harbiy xizmatda, 1988-2007 yillar Ichki ishlar vazirligi akademiyasida “Kasb etikasi” kafedrasi dotsenti, mudiri, o’quv ishlari va ilmiy bo’lim boshlig’i, 2007-2008 yillar ToshPTI “Falsafa” kafedrasiga mudirlik qilgan. 1990 yilda nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan, 5 ta darslik, 5 ta monografiya, 6 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 60 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. 2020 yildan kafedra professori lavozimmida  ilmiy unvoni

Shoyimova Shoxista Sanakulovna

1975 yilda tug’ilgan, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent. 1997 yil M.Ulug’bek nomidagi Toshkent davlat universitetini imtiyozli diplom bilan bitirgan. U mehnat faoliyatini 1997 yildan ToshPTI O’zbekiston tarixi va falsafa kafedrasida o’quv-uslubiy xona mudirasi lavozimida boshlab, 1998-2003 yilgacha o’qituvchi, 2003-2012 yilgacha katta o’qituvchi, 2012-2021 yilgacha kafedra dotsenti, shuningdek, 1999-2003 hamda 2016-2021 yillarda Pedagogika va psixologiya kursiga mas’ul, 2021 yildan boshlab Ijtimoiy fanlar, pedagogika va psixologiya kafedrasi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda.
SH.S.SHoyimova 2009 yil “Tadbirkor o’zbek ayollari shaxsining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” mavzusida 19.00.05 – Ijtimoiy psixologiya, etnopsixologiya ixtisosligi mutaxassisligi bo’yicha nomzodlik dissertatsiyasini himoya qildi. U 2017 yilda 19.00.01- Psixologiya tarixi va nazariyasi. Umumiy psixologiya. SHaxs psixologiyasi mutaxassisligi bo’yicha dotsent ilmiy unvoniga ega bo’lib, 150 dan oshiq ilmiy ishlar muallifi, shulardan, 7 ta darslik, 1 ta monografiya, 5 ta o’quv qo’llanma, 1 ta qo’llanma, 3 ta o’quv-uslubiy qo’llanma, 130 dan ortiq maqola va tezislar.

Kafedra dotsentlari:

Usta-Azizova Dilnoza Ahrorovna – pedagogika fanlari nomzodi, dotsent

Jo’rayev Anvar Muhammadiyevich – falsafa fanlari nomzodi, dotsent

Axmedova Muborak Axmedovna – falsafa fanlari nomzodi, dotsent

Karimova Miyassar Jamoldinovna – tarix fanlari nomzodi, dotsent

Xudayberdiyev Asomiddin Kurbonkulovich – falsafa fanlari bo’yicha PhD, dotsent

Kafedra katta o’qituvchilari:

Mirzayeva SHahlo Ro’zmat qizi

Mirzayeva Nargiza Asrorovna

Gafurova Nodira Mirxasilovna – PhD

Xaytmatova Gulnoza Amanullayevna

Tagayev Mamarazzoq Abdiyevich

Jumanova Gavhar Imomovna

Jabborova YUlduz Jumaniyozovna

Alimova Muhiba Muzaffarovna

Saydazimov Kamol Tulkunovich

To’laganova Gulnoza Olimjon qizi – PhD.

Kafedra assistent o’qituvchilari:

Kuyliyev Bobur Tulkinovich

Sagatova Ziyoda Baxtiyarovna

Muratova Nozima Xabibullayevna

Kafedraning ilmiy yo’nalishi: “Tibbiyot OTMlarida ijtimoiy-gumanitar fanlarini o’qitishning nazariy-amaliy muammolari”