Ilmiy ishlar
Maqola avtori: ass. Ergashev J.D. Kafedrada ilmiy ishlarga ma’sul shaxs, t.f.n., kaferdra assistenti.
Maqola rejasi. Otolaringologiya, bolalar otolaringologiyasi va bolalar stomatologiyasi kafedrasining asosiy ilmiy yunalishlari:»Yuqori nafas yullari va quloq kasalliklari diagnostikasini takomillashtirish» bulib hozirga paytda quyidagi mavzularda ilmiy ishlar olib borilmoqda:
• Surunkali yiringli o’rta otitlarda rekonstruktiv mikroxirurgiyani takomillashtirish;
• Burun va burun yondosh bo’shliqlari kasalliklarini diagnostikasi va davosini takomillashtirish;
• Sensonevral eshituv pastligini davosini takomillashtirish;
• Ilmiy-uslubiy qo’llanmalar, o’quv filmlari hamda dasturlar yaratish.
O’tgan davr ichida kafedrada 4 ta doktorli dissertasiyasi hamda 30 ga yaqin nomzodlik dissertasiyalari (PhD) himoya etilgan. Har yili kaferdra xodimlari mahalliy va xorijiy ilmiy jurnallarda maqolalar chop etishadi va ularning soni 2020 – yilda 50 dan ortiq. Kafedra hodimlari seminarlar, treininglar va anjumanlar tashkil etishda faol ishtirok etishadi. Kaferda mamlakatimiznining va xorijni bir qancha ilmiy markazlari bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek kafedra hodimlari dunyo miqiyosida o’tkaziladigan anjumanlarda faol ishtiriok etib yurtimiz sharafini yuksak ko’tarib keladi.
Kafedra iliy darajaviylik ko’rsatkichi. Kafedra iliy darajaviylik ko’rsatkichi 2020 yilda 80% ni tashkil etib, hodimlarning o’rtacha yoshi – 45 yosh, kafedra xodimlani bir qancha xorijiy mamlakatlar klinikalari bilan uzviy ilmiy aloqadalar va ushbu klinikalarda malaka oshirib qaytishgan, jumladan Rossiya Federasiyasi, Ukraina, Janubiy Koreya, Fransiya, Ispaniya va Germaniya va x.k.z.
2020 yilda professor Amonov Sh.E. va Muxiddinov U.B. Tomonidan «Timpanoplastika usuli» nomli patent olindi
2020 yilda 1 ta PhD (Sadirova Sh) va 2 ta doctorlik DSc dissertaciyasi (Mukhitdinov U.B., Babakhanov G.K.) muvofaqiyatli himoya qilindi.
2019-2020 oquv yilida kafedra Fransiyaning Djorj Portman tibbiyot klinikasi bilan xamkorlik memorandum imzoladi.
2020 yilda kafedra xodimlari chet elning nufuzli SCOPUS va Web of Scince ilmiy platformalarida 12 ta maqola, va shuningdek chet el ilmiy nashrlarida 10 dan ortiq ilmiy maqola nashr etdilar.