Patologik fiziologiya kafedrasi 1972-yil avgust oyida tashkil qilingan. kafedraning dastlabki xodimlari: kafedra mudiri professor t.f.d. M.M.Xaqberdiev, kafedra dotsenti t.f.n. L.A.Alimova, assistentlar t.f.n. E.N.Ostraumova, t.f.n. N.N.Olixova va E.V.Aulov Professor M.M.Xaqberdiev ilmiy raxbarligi ostida regional allergologiyaning muammolari o’rganildi va uning raxbarligida allergologiya bo’yicha 5 ta fan doktori 47 ta fan kandidatlari tayorlandi. Kafedra ilmiy ishini o’quv uslubiy soha bilan muvofaqiyatli olib borildi. Kafedra hodimlarini xizmatlari Sog’liqni Saqlash vazirligi, Oily ta’lim vazirligi va institut raxbaryati tomonidan bir necha marotaba munosib taqdirlangan. Professor M.M.Xaqberdiev ilmiy raxbarligi ostida kafedra hodimlarining ishtiroki bilan rus tilida patalogik fiziologiya fanidan 2 jildlik darslik yaratildi, talabalar uchun 20 dan ortiq o’quv uslubiy tavsiyanomalar va amaliy vrachlar uchun 12 uslubiy tavsiyanoma chop etildi.

foto 01
M.M.Xaqberdiev