1972-1974 yillarda Rumi Said Sadadinovich O’rta Osiyo pediatriya tibbiyot institutida, fizika kafedrasi mudiri bo’lib xizmat qildi.1974-1984 yillari o’quv bo’limi qoshida tashkil etilgan, o’quv jarayonlarini ilmiy tashkil etish nomi bilan tuzilgan bo’limga raxbarlik qilgan.1989 yildan boshlab bu bo’lim texnik-o’quv vositalari bo’limi deb nomlandi. Rumi Said Sadadinovich doimiy ravishda ilmiy ish bilan shug’ullanib kelgan. U o’quv jarayonini faollashtirish, fizika va biofizikadan o’zbekcha terminalogiyani tashkil qilish, asboblarni kanstuksiyalash, fizika va oliy matematika amaliy mashg’uloti kursidan o’quv uslubiy qo’llanmalarga bag’ishlangan 30 dan ortiq ilmiy ishlarning muallifidir. Rumi Said Sadadinovich 4 ta medal, Sog’liqni Saqlash Alochisi ko’krak nishoni bilan ham mukofotlangan.
1978-80 yillarda Shokirov Nigmatulla Shokirovich ToshPTI biofizika kafedrasi mudiri bo’lib ishladi. Shokirov Nigmatulla Shokirovich 1-2 kurs talabalariga biofizika va informatika fanlaridan maruza va amaliy mashg’ulotlarni olib borgan. Shokirov Nigmatulla Shokirovich 50 dan ortiq ilmiy maqola, 2 ta avtorlik guvoxnomasi va talabalar uchun o’quv uslubiy muallifidir. Shokirov Nigmatulla Shokirovich Institut jamoat ishlarida xam aktiv qatnashib kelgan, ular institut xodimlar kasaba uyushmasini raisi va boshqa lavozimlarda ishlagan.
Xakimov Pulat Odilovich 1936 yili Toshkent viloyati, Parkent tumani, Zarkent qishlog’ida dexqon oilasida tug’ildi. 1954 yili TDPUga 1-kursga o’qishga qabul qilinib, 1959 yilda uni bitirdi va ish faoliyatini O’zFAni yadro fizika institutida katta laborantlikdan boshladi.1964-1968 yillarda O’zRFA qoshidagi “Biofizika” institutida aspirant, Moskva Biofizika institutida tadqiqotchi bo’lib ishlaydi. 1980-1994 yillarda ToshPMI biofizika kafedrasida mudiri bo’lib ishladi. Xakimov Pulat Odilovich rahbarligida kafedrada “Koordinastion kompleksli bioligandli mikroelementlar tuzilmasining sintezi va ularning radioprotektorlik, davolash xossalarini hamda tirik organizm va to’qimalarga ta’sirini o’rganish” mavzusi bo’yicha ilmiy ishlar olib borildi. Biologiya fanlari doktori, professor Pulat Odilovich Xakimov rahbarligida 6 ta nomzodlik va 2 ta doktorlik dissertastiyasi yoqlandi. Xakimov Pulat Odilovich 175 ta ilmiy maqola. 2 ta monografiya, 18 ta avtorlik guvoxnomasi va 10 dan ortiq talabalar uchun o’quv-uslubiy qullanma muallifidir. Professor P.A. Xakimov kafedrani o’quv – uslubiy ishlariga juda katta ahamiyat berdi. O’qish sifati ko’tarildi, talabalarni davomati yaxshilandi. Ayniqsa kafedrani ilmiy ishiga e’tiborni kuchaytirildi.
Islomov Yuldosh Nugmanovich 1950 yili Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida tug’ilgan. 1967 yili o’rta maktabni “imtiyozli” tamomladi. 1979 yil Toshkent Davlat Universitetining fizika fakultetini bitirdi. 1980-1982 yillari TashPTIning “Tibbiy va biologik fizika” kafedrasida katta laborant, 1983-1996 yillari o’qituvchi lavozimlarida ishladi. 1996 yili kafedra dostenti lavozimiga o’tkazildi. 1997-2001 yillar mobaynida dekan muovuni, talabalar kasaba uyushmasining raisi, test markazi eksperti hamda biofizika kursi rahbari lavozimlarida ishladi. 2001 yildan qayta tashkil kilingan «Tibbiy va biologik fizika, informatika va informastion texnologiyalar» kafedrasi mudiri bo’lib ishlamoqda. Shu bilan birga ilmiy- tekshirish ishlari olib bormoqda. Y.N.Islomov rahbarligida kafedra jamoasi o’quv uslubiy ishlar yaxshilandi
2013 yildan hozirgi kunga qadar «biofizika, tibbiy informatika» kafedrasini fizika-matematika fanlari nomzodi, dotsent Qarshiyev Dilshod Abdurahmonovich boshqarmoqda. Qarshiyev Dilshod Abdurahmonovich davrida «Biofizika, tibbiy informatika» kafedrasining ilmiy salohiyati 75 foizga oshdi. Talabalarning yakuniy nazorati uchun test bazalari yangilandi. Scopus, Web of Sciences xalqaro jurnallarida keltirilgan va nashr etilgan.