Pedagogik faoliyat.

Toshkent Pediatriya Tibbiyot institutining Bolalar yuqumli kasalliklar kafedrasida pediatriya fakultetining 5-6 kurs talabalari, Oliy xamshiralik ishi fakulteti 2-3 kurs talabalari, “Bolalar yuqumli kasalliklar” kafedrasi magistrlari va klinik ordinatorlari bilan mashg‘ulotlar olib boriladi.

РѕСЃСѓРґР°2
рашидов2)

Kafedraning asosiy bazasi 5-ShYuKSh da joylashgan( ushbu klinika 160 ta o‘ringa mo‘ljallangan va Chilonzor tumani, Arpapoya 12 ko‘chada joylashgan). Undan tashqari qo‘shimcha bazalar bo‘lib 1-ShYuKSh (ushbu klinika 170 ta o‘ringa mo‘ljallangan va Olmazor tumani, Kichik xalqa ko‘chasi 88 da joylashgan), Epidimiologiya,mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti klinikasi( ushbu klinika 300 ta o‘ringa mo‘ljallangan va Shayxontoxur tumani, Rashetova 22 ko‘chada joylashgan), Virusologiya ITI (ushbu klinika 200 ta o‘ringa mo‘ljallangan va Yunus Obod tumani Muradova 7 ko‘chada joylashgan), 4-ShYuKSh (Shayxontoxur tumani Zuxur Qobulova ko‘chvsida joylashgan), 36 OP (Chilonzor tumani , Arpapoya 13 ko‘chada joylashgan), TashPTI poliklinikasi, Respublika gepatologiya markazi (Yunus Obod tumani Murodov 7 ko‘chada joylashgan) bo‘lib xisoblanadi. 11-12 semestr davomida 6 kurs talabalari bilan birgalikda Toshkent Tibbiyot akademiyasi bolalar yuqumli kasalliklar klinikasi bazasiga va Respublika Bolalar poliomiyelit kasalliklari klinikasiga tashrif buyurilib mashg‘ulotlar o‘tkaziladi.

HPIM0972
IMG_0619

             O‘quv yili davomida 6 kurs talabalarining bilimlarini baxolash maqsadida 3000 ta yangi avlod testlari o‘zbek va rus tillarida tuzildi va test markaziga topshirildi, u yerda studentlar ushbu testlar asosida OB topshiradilar. 5-6 kurs talabalarining YaB topshirishlari uchun yozma imtixon uchun 150 ta savol va 50 ta vaziyatli masala (50 ta bilet) tuzilgan. 5 kurs talabalari uchun yangi talablarga ko‘ra 10 ta OSKE bekatlari tayyorlab topshirildi. 6 kurs studentlarining YaB uchun aloxida 270 ta o‘zbek va rus tillarida savollar tuzildi. Davlat attestatsiyasi uchun yangilangan 270 ta o‘zbek va rus tillaridagi test va 27 OSKE topshiriqlari tayyorlab topshirilgan. Shu bilan birgalikda 5-6 kurs talabalari uchun Talabalarning klinik fikrlashini baxolash varaqalari yangilangan va qayta tekshirib chiqilgan.

IMG_0701
IMG_0627

Kafedrada 5-6 kurs talabalari uchun o‘zbek va rus, ingliz tillarida ma’ruzalar tuzilgan va ularning multimediya va elektron shakllari taqdim etilgan. Shu bilan birgalikda mashg‘ulot o‘tkazishning interaktiv usullari vamultimediya materiyallari kengaytirildi.