940fff312ae3b248e8b14d4e2d0c2388

   O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 1972 yil 15 avgustdagi 266-sonli buyrug‘iga binoan O‘rta Osiyo pediatriya institutida 1-sonli bolalar yuqumli kasalliklari epidemiologiya kursi bilan kafedrasi tashkil etilgan va 2-bolalar yuqumli kasalliklari shifoxonasida joylashgan. 1972-73 o‘quv yilida kafedra shtati 6,5 birlikni tashkil etgan, shundan 5 ta assistent va 1 ta laborant.
     Kafedra mudiri etib dotsent Egaberdiyeva J.I. tayinlangan. U 1921 yilda ishchi oilasida tug‘ilgan. 1948 yilda Toshkent Davlat tibbiyot instiutini imtiyozli diplom bilan tugatgan va yuqumli kasalliklar kafedrasida ishlay boshlagan. 1965 yilda «Gormonolecheniye tifo-paratifov u detey» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Jami 55 ta ilmiy ishlari chop etilgan. 1970 yilda ToshDAVTI yuqumli kasalliklar kafedrasiga dotsent lavozimiga o‘tgan, 1972 yilda O‘rta Osiyo pediatriya tibbiyot instituti bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasiga kafedra mudiri lavozimiga o‘tkazilgan va 1973 yilda tanlov asosida qabul qilingan.
   1954 yildan boshlab 6 marta tuman Kengashiga deputatlikka saylangan. 1974 yilda “Sog‘liqni saqlash a’lochisi” nishoni bilan taqdirlangan. J.I.Igamberdiyeva institutda jamoat ishlarida faol qatnashgan, monotematik komissiya va institut ichki nazorat komissisi a’zosi bo‘lgan. 1973-1975 yillarda kafedra dotsenti Kodirov V.K. bo‘lgan.

Р РёСЃСѓРЅРѕРє1

     Kafedra o‘qituvchilar tarkibi 15 birlikgacha oshgan. 1977 yilda Islambekova I.A. kafedra dotsenti bo‘lgan, 1981 yilda esa Maxmudova L.U. kafedraning ikkinchi dotsenti bo‘lgan. 1981 yilda kafedra o‘qituvchilar tarkibi 18 birlikgacha oshgan, 1ta kaf.mudiri, 2ta dotsent, 12 assistent va 3ta katta laborant.
     1972 yildan hozirgi kunga qadar o‘qituvchilar soni 6 tadan 19 taga ko‘paydi.

Р РёСЃСѓРЅРѕРє2

      Kafedra tashkil etilgan kundan 2-chi bolalar yuqumli kasalliklar kasalxona bazasida joylashgan. Shu vaqt ichida kasalxonada tashxis qo‘yish va kasallarni to‘g‘ri davolash ko‘rsatkichlari yanada oshib borgan. Kafedra xodimlari davolash rejasini tuzganlar. Kafedra birgaligida shifoxonada o‘lim ko‘rsatkichini kamaytirish maqsadida reanimatsiya bo‘limi 8 o‘rinli tashkillashtirilgan. Bemorlarni tekshirish hajmi kengaytirilgan.
    1972 yildan boshlab kafedrada talabalar ilmiy jamiyati faoliyat ko‘rsatadi. Har yili o‘quv – uslubiy ishlar mukammallashtirib boriladi va shunga bog‘liq holda yangi o‘quv dasturlari tayyorlanadi. 1972 yildan boshlab kafedra fondi jadvallar, stendlar, rasmlar va slaydlar bilan boyitib kelingan. Bugungi kunda kafedrada 158 ta jadvallar, 1000 dan ortiq mavzuga oid rasmlar va 200 dan orti slaydlar mavjud.

СЂРёСЃСѓРЅРѕРє 0

1983 yilda kafedrada biblioteka tashkil etilgan. Bunda kutubxona doimiy ravishda yangi monografiyalar, darsliklar boyitib borilmoqda. Kutubxonadan kafedra, shifoxona xodimlari va talabalar foydalanishadi.
    1989 yildan dotsent Zokirxo‘jayev A.X. professor lavozimiga o‘tkazilgan. 1997 yilda 1 – va 2-bolalar yuqumli kasalliklari kafedralari birshatirilgan va kafedra mudiri etib Zokirxo‘jayev A.X. tayinlangan.
    2010 yil sentyabr oyidan boshlabkafedra mudiri etib professor B.M.Tadjiyev tayinlangan.

IMG_20180112_214914_929