Kafedra Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi klinikasi 1 korpus 3 qavatida joylashgan. Kafedrada Pediatriya fakul’tetining 3 va 4-kurs bakalavrlari, Tibbiy pedagogika va davolash ishi fakultetining 4-5 kurs talabalariа, 3 kurs tibbiy-biologiya va Oliy xamshiralik ishi fakultetining 1-2 kurs bakalavrlari “Infeksion nazorat” fanidan taxsil oladilar.