Kafedra mudiri: t.f.d., professor Ergashev Nasriddin Shamsiddinovich.
Kafedra xodimlari: t.f.d., professor Xamraev A.J., t.f.d., professor Ergashev B.B., t.f.d., dosent Sattarov J.B., t.f.n., dosent Xamidov B.X., t.f.n., dosent YAkubov E.A., t.f.n., dosent Nazarov N.N., t.f.n., dosent Allaberganov I.K., t.f.n., dosent Diyarov N.A., assistentlar: Xurramov F.M., Raxmatullaev A.A., Ismadiyarov B.U.
Kafedra doktorantlari: —
Kafedradagi mustaqil izlanuvchilar:
- Ibragimov Ahrorjon Valijonovich — Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda tug’ma qisman ichak tutilishini tashxislash va davolash taktikasini tanlash.
- Markaev Abdumo’min Yaxshibaevich — Bolalarda ingichka ichakni rezektsiyasi va ostoma qo’yish uchun ko’rsatmalar va taktik yondashuvlarni tanlash.
- Raxmatullaev Adxam Abadbekovich — Bolalarda bronxopulmoner tizimning kistoz malformatsiyalarini tashxislash va jarrohlik davolashni optimallashtirish.
- Egamnazarov Nurbek Quylievich — Yangi tug’ilgan chaqaloqlarda siydik pufagi ekstrofiyasini tashxislash va jarrohlik davolashni optimallashtirish.
Kafedraning ilmiy salmog’i — 75,0%.
Bakalavriat talabalari, shuningdek, magistratura talabalari va klinik ordinatorlar tahsil oladigan klinik bazalar:
— 2-shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi (asosiy baza)
— Bolallar milliy tibbiyot markazi;
— 1-shahar bolalar jarrohlik klinik shifoxonasi
— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi Respublika Respublika perinatal markazi;
Kafedraning asosiy klinik bazasi Toshkent shahar 2-son shahar bolalar klinik jarrohlik shifoxonasi hisoblanadi. Kasalxonaning yotoq sig’imi 185 o’ringa ega bo’lib, o’z ichiga rejali jarrohlik, shoshilinch jarrohlik, jarrohlik infeksiyasi, torakal jarrohlik, travmatologiya-ortopediya va reanimasiya bo’limlarini o’z ichiga oladi. Kafedraning yordamchi klinik bazalari Respublika perinatal markazining neonatal xirurgiya bo’limlari va 1-son shahar klinik shifoxonasining bolalar xirurgiyasi bo’limi hisoblanadi. Turli xil jarrohlik profillari uchun etarli darajada yotoq-o’rinlar soni bolalar jarrohligini uning tegishli bo’limlarida o’qitish uchun etarli sharoitlarni yaratadi.
Kafedrada 6-kurs talabalariga dars o’tilaib, ularda tibbiyotning birlamchi bo’g’ini uchun umumiy amaliyot shifokorlarini tayyorlashni nazarda tutuvchi “Bolalar jarrohligi” fanidan hamda bolalar ambulatoriya xirurgiyasi asoslari fanidan dars beradi. Bundan tashqari kafedrada bolalar xirurgiyasi mutaxassisligi bo’yicha klinik ordinatorlar va magistratura ordinatorlari tayyorlanadi.
O’qitishda an’anaviy usullar (plakatlar, rangli slaydlar, o’quv rentgenogrammalari va boshqalar) bilan bir qatorda zamonaviy texnik o’qitish vositalari – videoma’ruzalar, murakkab operasiyalar videomateriallari, elektron darsliklardan foydalaniladi. Prof. Ergashev N.SH. tashabbusi bilan kafedrada kutubxona tashkil etilgan bo’lib, uning fondida bolalar xirurgiyasi bo’yicha darslik va monografiyalar, “Bolalar jarrohligi”, “Xirurgiya”, “Xirurgiya axborotnomasi”, “Pediatriya”, “O’zbekiston xirurgiyasi” va boshqalar (jami 100 dan ortiq nom) jurnallar mavjud. Talabalar kutubxona fondidan kun davomida foydalanishlari mumkin.
Kafedra xodimlari O’zbekiston Respublikasi tibbiyot oliy o’quv yurtlarining bolalar xirurgiyasining barcha kafedralari, Respublika bolalar minimal invaziv va endozirurgiya markazi, Akademik V.V.Vohidov nomidagi Respublika jarrohlik ilmiy markazi, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bilan faol hamkorlik qilib kelmoqda. Kafedra Sankt-Peterburg pediatriya tibbiyot akademiyasi, Rossiya tibbiyot universiteti bolalar xirurgiyasi kafedralari, shuningdek, Berlindagi SHarite klinikasi bilan uzoq yillik ilmiy aloqalarga ega.
Kafedra xodimlari bolalar xirurgiyasi fani bo’yicha uslubiy qo’llanmalar, o’quv-uslubiy qo’llanmalar va o’quv qo’llanmalarini tayyorlashda faol ishtirok etmoqda. Bugungi kunga qadar ular tomonidan 86 ta uslubiy tavsiyalar, 8 ta o’quv qo’llanma, 12 ta monografiya va 13 ta o’quv-uslubiy qo’llanmalar chop etilgan.
Shuningdek, kafedra xodimlari, magistrantlar va klinik ordinatorlari xalqaro konferensiya, kongress va simpoziumlarda faol ishtirok etib kelmoqda. Bugungi kunga qadar ular tomonidan 1800 dan ortiq tezis va 600 dan ortiq ilmiy maqolalar nashr etildi.
Kafedra ishlarining asosiy yo‘nalishlari:
O‘quv ishlari – 6-kurs talabalarini umumiy amaliyot shifokori dasturi bo‘yicha nazariy va amaliy tayyorlash, bolalar xirurgiyasi mutaxassisligi bo‘yicha klinik ordinatorlar va magistrlarni tayyorlash.
Ma’naviy tarbiya ishlar – Respublikasmiz prezidenti Sh.M.Mirzieevningning asarlari va nutqlari, vazirlar mahkamasi va Oliy majlisning qarorlari asosida shaxsning ma’naviy dunyoqarashini oshirish, umumbashariy va milliy tamoyillarga tayanib yosh avlodni tarbiyalash va o‘qitish.
Ilmiy ishlar – bolalarda oshqozon-ichak trakti, siydik ajratish a’zolari rivolanish nuqsonlarining diagnostikasi va xirurgik davosi; yiringli-septik xirurgiya; torakal xirurgiya; chaqaloqlar xirurgiyasi; gepato-biliar xirurgiya.
Davolash ishlari – Tashkent shahri va Respublika viloyatlaridagi bolalarga yuqori sifatli va malkali konsultativ va maxsus xirurgik yordamni ko‘rsatish.