Kafedrada 6 kurs talabalari tibbiyotning birlamchi bo’g’inida faoliyat ko’rsatish maqsadida gospital bolalar xirurgiyasi fani asoslari, ambulator-poliklinik xirurgiya xususiyatlari o’rgatiladi. Bunda tashqari kafedrada magistratura rezidentlari va klinik ordinatorlar ham bolalar xirurgiyasi fanidan tahsil oladi.

Kafedraning asosiy klinik bazasi Toshkent shahridagi 2-sonli shahar bolalar klinik-jarrohlik shifoxonasi hisoblanadi. Shifoxonaning yotoq joylari 185 o’rinli bo’lib, rejali jarrohlik, shoshilinch jarrohlik, jarrohlik infektsiyasi, ko’krak jarrohligi, travmatologiya-ortopediya va intensiv terapiya bo’limlarini o’z ichiga oladi. Kafedraning yordamchi klinik bazalari Respublika perinatal markazining neonatal jarrohlik bo’limi va 1-son DKDB bolalar jarrohligi bo’limidir. Bolalar jarrohlik bo’limlarinida har xil jarrohlik kasalliklarning xilma-xilligi talabalarga bilim berish uchun maksimal sharoitlarni yaratadi.

O’quv jarayonida an’anaviy uquv uslublari (plaktlar, rangli slaydlar, o’quv rentgenogrammlari va boshqalar) bilan birgalikda zamonaviy o’quv usullari (video ma’ruza, elektron o’quv qo’llanmalari va boshqalar) ham keng qo’llaniladi. Kafedra mudiri professor Ergashev N.SH. ko’magida kafedrada biblioteka tashkil etilgan bo’lib, mazkur bibliotekada bolalar xirurgiyasiga odi 100 dan ortiq kitoblar va jurnallar mavjud. Biblioteka fondidan talaba va magistratura rezidentlar kechayu-kunduz foydalanishadi.

6-kurs Pediatriya fakul’teti

Gospital bolalar xirurgiyasi fani Sog’liqni saqlash tizimining birlamchi bo’g’inida faoliyat ko’rsatuvchi vrach pediatrni mustaqil ravishda ish yuritish jarayonida uy, poliklinika va kunduzgi shifoxona sharoitida bolalarda ko’p uchraydigan turli xirurgik kasalliklarda diagnostikani va davolash muolajalarini to’g’ri tanlash, rejali operatsiyalarni o’tkazish muddatlarini belgilash, statsionargacha bo’lgan davrda zarur davo muolajalarini o’tkazishga, bemorni statsionarga yetkazish, shoshilinch va favqulotdagi xolatlarda tez va birlamchi yordamni ko’rsatishga, shuningdek, sanitar-gigiyenik, antiepidemik, profilaktika, dispanser nazoratini tashkil qilish va reabilitatsiya tadbirlarini o’tkazishga o’rgatishdan iboratdir.
Fan bo’yicha talabalarning bilim, ko’nikma va malakalariga quyidagi talablar qo’yiladi.
Talaba bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarning etiologiyasi va patogenezidagi zamonaviy qarashlar, shuningdek kasalliklarning zamonaviy tasnifi va tekshirish usullari, hamda klinik manzarasi to’g’risida, bolalarda uchraydigan xirurgik kasalliklarning diagnostika mezonlari va uslublari, profilaktika usullari, zamonaviy instrumental va laborator tekshiruv usullarining imkoniyatlarini va ularni qo’llashdagi ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalar haqida tasavvurga ega bo’lishi.

Talaba bilishi shart:
  • Bolalarda ko’p uchraydigan xirurgik kasalliklarning zamonaviy tasnifi, aoratlangan turlari va ularni oldini olish chora tadbirlarini;
  • Bolalarda ko’p uchraydigan xirurgik kasalliklarning tipik va atipik turlari hamda asoratlangan kechuvi xususiyatlarini, ularning klinik kechish manzarasini;
  • Bolalarda ko’p uchraydigan xirurgik kasalliklarning zamonaviy klinik, laborator, insturumental tekshirish usullarini (endoskopik, rentgenologik, ultratovush), hamda xirurgik profildagi kasalliklarni bevosita tekshirish imkoniyatlarini;
  • Diagnostika mezonlari, differensial diagnostika xususiyatlarini va birlamchi tibbiyot bo’g’inida ko’rsatiladigan davo taktikasi;
  • Xirurgik davo uslublarini va ularni qo’llashdagi ko’rsatmalar va qarshi ko’rsatmalarni;
  • Xirurgik kasalliklarni davolashda keng qo’llaniladigan asosiy dori preparatlarining farmokologik xarakteristikasini, patologik sindrom va shoshilinch holatlarda ularni ratsional qo’llashni.

Talaba ko’nikmaga ega bo’lishi shart:
  • Bemorlar statusini baxolash, ularni to’liq fizikal tekshiruvdan o’tkazish (umumiy ko’rik, pal’patsiya, auskul’tatsiya, arterial bosimni o’lchash, pul’s xususiyatini aniqlash);
  • Umumklinik tekshiruv usullarini va laborator, instrumental tekshiruv natijalarini interpretatsiyasi;
  • Dastlabki tashxis qo’yish algoritmini va bemorga shifokor-mutaxassis malaxati zarurligini aniqlash va yo’naltirish;
  • Keng klinik tashxis qo’yish algoritmini;
  • Bemor hayotiga xavf tug’diradigan va shoshilinch holatlarda tashxis qo’yish va birinchi yordam ko’rsatishdagi malakaga ega bo’lish;
  • Tor doiradagi mutaxasislar malahati zarurligini aniqlash;
  • Reabilitatsiya chora-tadbirlar sxemasini tuzish va ishlab chiqish;
  • Kichik xirurgik operatsiya va manipulyatsiyalarni bajara olish.

Ma’ruza mashg’ulotlari mavzulari (Jami 10 soat):

1. Bolalarda buyrak, siydik yullari rivojlanish nuksonlari va siydik tosh kasalligi diagnostikasi va davolash taktikasi

2. Bolalarda tug‘ma nuqsonlar va xirurgik kasalliklarda tekshirish va davolash taktikasini tashkil qilishda zamonaviy yondoshuvlar

3. Bolalarda qorin bo‘shlig‘ida  “paypaslanuvchi o‘sma sindromi”.

4. Shoshilinch davo talab qilinadigan ko‘krak qafasi aʼzolari kasalliklari diagnostikasi va davosi

5. Bolalarda korin bushligi aʼzolarining utkir xirurgik kasalliklari diagnostikasi va davolash taktikasi.

Ma’ruza mashg’ulotlari 2-son Toshkent shahar bolalar xirurgik klinik kasalxonasining katta zalida mul’temedia qurilmalari bilan jihozlangan holda o’tkaziladi.

Amaliy mashg’ulotlar mavzulari (Jami 134 soat):

1.Atipik va asoratlangan o‘tkir appenditsitning klinikasi,  diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Umumiy amaliyot pediatrii taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

2. Oshqozon va 12-barmoqli ichak yarasining asoratlari diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

3. Qorin bo‘shlig‘i va qorin parda orti aʼzolarining yopiq shikastlanishlari diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi.  Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

4. Bolalarda dinamik va mexanik ichak tutilishlari. Diagnsotika va differensial diagnostika. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

5. O‘t chiqarish aʼzolarining rivojlanish nuqsonlari. Bolalarda mexanik sariqlik. Klinikasi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Shifoxonagacha bo‘lgan davrda umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

6. Bolalarda yo‘g‘on ichakning asoratalangan kasalliklari va surunkali qabziyat. Klinikasi, diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Operatsiyaga bo‘lgan ko‘rsatmalar. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

7. Bolalarda qizilo‘ngach ximik va fizik kuyishlarining erta va kechki asoratlari. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

8. Bolalarda har xil lokalizatsiyadagi yot jismlar. Diagnostika va differensial diagnostikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

9. Bolalarda o‘pkaning bakterial destruksiyasi. Differensial diagnostika va davolashning asosiy prinsiplari. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

10. Bolalarda noqulay premorbid fonda yumshoq to‘qimalarning yiringli-yallig‘lanish kasalliklari. Diagnostika i differensial diagnostika. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

11. Bolalarda o‘tkir gematogen, surunkali va atipik turdagi osteomiyelit. Differensial diagnostika va davo taktikasi Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

12. Bolalarda uropatiyalar va siydikning o‘tkir tutilishi. Diagnostika va differensial diagnostika. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

13. Asoratlangan qorin churralarining (chov, kindik, son va qorin oq chizig‘i churralari) diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Urug‘ tizimchasi kasalliklari. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

14. Kindikning asoratlangan kasalliklari diagnostikasi va differensial diagnostikasi. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

15. Bolalarda exinokokkozning asoratlangan turlari. Diagnostika va differensial diagnostika. Umumiy amaliyot pediatri taktikasi. Dispanserizatsiya va reabilitatsiya.

16. Bolalarda oshqozon ichak tizimidan qon ketish bilan kechuvchi kasalliklar diagnostikasi va umumiy amaliyot  pediatri taktikasi.

17. Bolalarda qorin bo‘shlig‘i xirurgik kasalliklarida operatsiyadan keyingi dispanserizatsiya va reabilitatsiya. Operatsiyadan keyingi asoratlarning profilaktikasi, asoratlar uchraganda SSV birinchi bo‘g‘inida diagnostik va davolash taktikasi.

18. Bolalarda urologik operatsiyalar keyin va siydik tosh kasalligida dispanserizatsiya va reabilitatsiya. Operatsiyadan keyingi asoratlarning profilaktikasi, asoratlar uchraganda SSV birinchi bo‘g‘inida diagnostik va davolash taktikasi.

19. Bolalarda proktologik va anorektal kasalliklarida operatsiyadan keyingi dispanserizatsiya va reabilitatsiya. Operatsiyadan keyingi asoratlarning profilaktikasi, asoratlar uchraganda SSV birinchi bo‘g‘inida diagnostik va davolash taktikasi.

20. Bolalarda ko‘krak qafasi aʼzolari kasalliklarida operatsiyadan keyingi dispanserizatsiya va reabilitatsiya. Operatsiyadan keyingi asoratlarning profilaktikasi, asoratlar uchraganda sog‘liqni saqlash tizimi birlamchi bo‘g‘inida diagnostik va davolash taktikasi.

21. Bolalarda qusish sindromi diagnostikasi va umumiy amaliyot pediatrining taktikasi.

Amaliy mashg’ulotlar jihozlangan auditoriyalarda har bir akademik guruxga alohida o’tiladi. Mazkur fanni o’qitish jarayonida ta’limning zamonaviy (xususan interfaol) metodlari, pedagogik va axborot-kommunikatsiya (mediata’lim, amaliy dastur paketlari, prezentatsion) texnologiyalari yordamida o’tiladi. Amaliyot natijalari asosida “Gospital bolalar xirurgiyasi“ faniga taaluqli bo’lgan tibbiyot misollaridan keng foydalaniladi. Slaydlar, o’quv adabiyotlar elektron versiya va axborot mul’timediya qurulmalari, amaliyot uchun ko’rgazmali materiallar, tarqatma materiallar, vaziyatli masalalar, test savollari, yordamida o’tkaziladi.

Mustaqil ta’lim mavzulari (Jami 53 soat):

  1. Erta yoshli bolalarda o’tkir appenditsitning tipik kechish xususiyatlari.
  2. Bolalarda meda va o’n ikki barmokli ichak yara kasalligining klinikasi, diagnostikasi, konservativ davolash usullari, dispanser nazorati.
  3. Ichki qon ketishning laborator diagnostikasi. Gemorragik shokning klinik kechishi. Perforatsiyasiz peritonitning klinik namoyon bo’lishi
  4. Bolalarda churralar va urug’ tizimi kasalliklariga olib keluvchi omillar, vrach pediatr tomonidan amalga oshirilishi zarur bo’lgan profilaktika tadbirlari.
  5. Kindikning klinik anatomiyasi. CHaqaloqlarda kindik koldig’ini parvarishlash. O’t qopi va o’t yo’llarining klinik anatomiyasi
  6. Surunkali qabziyat, sabablari, klassifikatsiyasi
  7. Qizilo’ngachning termik va ximik kuyishlari klassifikatsiyasi, kechishi
  8. O’pkaning bakterial destruksiyasi turlari va tasnifi
  9. O’tkir siydik tutilishiga olib keluvchi asosiy omillar. Bolalarda o’tkir siydik tutilishini oldini olish
  10. Buyrak va siydik yo’llari tug’ma nuqsonlari
  11. Yiringli yallig’lanish kasalliklarining patogenezi va davolashning kompleks usuli
  12. O’tkir va surunkali osteomiyelitning patogenezi va profilaktikasi
  13. Jarrohatlarga birlamchi xirurgik ishlov berish. Qoksholga qarshi emlash
  14. Ichak tutilishi tasnifi va patogenezi

Mustaqil o’zlashtiriladigan mavzular bo’yicha talabalar tomonidan referatlar tayyorlanadi va uni taqdimoti tashkil qilinadi

Asosiy va qo’shimcha o’quv adabiyetlar hamda axborot manbaalari:

Asosiy adabiyotla:

1. Sulaymonov A. S. i dr. Bolalar xirurgiyasi. – Tashkent, 2000
2. Lenyushkin A.I., Xamrayev A.J., Atakulov J.A. «Bolalar koloproktoloiyasi» Toshkent, 2005.
3. YU.F.Isakov. Xirurgicheskiye bolezni u detey. – M.: Meditsina. – 1998.
4. SHamsiyev A.M., Atakulov D.O., Lyonyushkin A.I. Xirurgicheskiye bolezni detskogo vozrasta. – Tashkent: Ibn Sino. – 2001.

Qo’shimcha adabiyotlar:

1. Ashkraft K.U., Xolder T.M. Detskaya xirurgiya. T. 1;2;3. Sank-Peterburg 1996, 1997, 1999.
2. Bairov G.A. Srochnaya xirurgiya u detey. «Piter». 1997.
3. Bairov G.A., Roshal’ L.M. Gnoynaya xirurgiya u detey. L.: 1991.
4. Dronov A.F., Poddubniy I.V., Kotlobovskiy V.I. Endoskopicheskaya xirurgiya u detey. Moskva «GEOTAR-MEDIA». 2002.
5. Isakov YU.F. Xirurgicheskiye bolezni detskogo vozrasta. T. 1,2. Moskva «GEOTAR-MEDIA». 2004.
6. Isakov YU.F. Xirurgicheskiye bolezni u detey. Moskva. «Meditsina» 1998.
7. Pugachev A.G. Detskaya urologiya. Moskva «GEOTAR-MEDIA». 2009.
8. SHamsiyev A.M. Ostriye destruktivniye pnevmonii u detey. Tashkent. «Abu Ali Ibn Sino» 2013.

Internet saytlari:

1. www.ziyonet.uz
2. www.mediasphera.aha.ru/surgery/surg-mn.htm
3. www.childsurgeon.ru
4. www.hirurg-detyam.ru
5. www.childsurgeon.ru
6. www.doctor-roshal.ru
7. www.pediatria.kz
8. www.smdoctor.ru/child-surgery/
9. https://international-health-care.charite.de/ru/
10. www.pedclin.ru

O’tkir qorin sindromi (prezentatsiya)

Bolalarda Girschsprung kasalligi (taqdimot) (prezentatsiya)

Bolalarda o’tkir appenditsit (prezentatsiya)

Bolalardagi yara kasalligi (prezentatsiya)

Bolalar abdominal xirurgiyasi (Isakov Y.F. 1998)

Bolalar xirurgiyasi (Sulaymonov A.S. 2000)

Bolalar xirurgiyasi. Klinik munozaralar. Shifokorlar uchun qo’llanma (Geraskin A.V. 2011)

Bolalar xirurgik kasalliklari (Shamsiev A.M. 2001)

Bolalar xirurgik kasalliklari. O’quv adabiyoti 2-tom (Isakov Y.F. 2004)

Bolalar xirurgik kasalliklari (Isakov Y.F. 1998)

Bolalarda xirurgik kasalliklar. O’quv qo’llanma (Podkamenev V.V. 2012)

Атлас детской оперативной хирургии. П.Пури. 2009 г.

Гнойная хирургия детей. Руководство для врачей (Баиров Г.А., Рошаль Л.М. 1991. 272 с)

Детская колопроктология. Руководство для врачей (Ленюшкин А.И. 1990. 352 с)

Детская урология. Руководство (Лопаткин Н.А. 1986. 496 с)

Срочная хирургия детей. Руководство для врачей (Баиров Г.А. 1997. 464 с)

Jarrohlikdagi infektsiyalar. Shifokorlar uchun qo’llanma. Gostishchev VK, GEOTAR-MEDIA. Moskva. 2007. 761 p.

Bolalar jarrohligi. Klinik tahlil. Shifokorlar uchun qo’llanma. Prof. A.V. Geraskina. «GEOTAR-MEDIA». Moskva. 2011 yil. 216 bet

Bolalarda o’tkir appenditsit (prezentatsiya)

Aseptika va antiseptika (prezentatsiya)

Kindikning tug’ma oqmalar (prezentatsiya)

Suyak, bo’g’im va barmoqlarning yiringli kasalliklari (prezentatsiya)

Qorin churralari (prezentatsiya)

Terining kuyishi. Sovuq urishi. Elektr jarohati. Birinchi yordam, oldini olish (prezentatsiya)

Oshqozon va o’n ikki barmoqli ichak yara kasalligi asoratlari (perforatsiya, penetratsiya, malignizatsiya) (prezentatsiya)

Siydik tanosil tizimi rivojlanish nuqsonlari (prezentatsiya)

Bolalardagi o’tkir jarrohlik patologiyasini differentsial tashxislash (prezentatsiya)

Bolalarda ichak invaginatsiyasi (prezentatsiya)

Bolalarda o’tkir qorin sindromi. Qorin og’rig’i, sabablari, kelib chiqishi, patogenezi, xarakteri (prezentatsiya)

Osteomyelitning atipik shakllari (prezentatsiya)

Bolalarda yiringli jarrohlik infektsiyasi (prezentatsiya)

Siydik-tosh kasalligi (prezentatsiya)

Bolalarda o’tkir gematogen osteomiyelit (prezentatsiya)

Bolalarda orttirilgan ichak tutilishlari (prezentatsiya)

Bolalar siydik tizimining jarohatlari, klinik xususiyatlari, diagnostikasi, davolash (prezentatsiya)

Bolalarda buyrak va siydik qopi jarohatlari (prezentatsiya)

Bolalarda siqilgan churralar(prezentatsiya)

Jarrohlik infektsiyasi, sepsis (prezentatsiya)

Jarrohlik infektsiyasi (prezentatsiya)

Bolalar xirurgik koloproktologiyasi (Xamrayev A.J. Toshkent. 2005. 400 s)

Gematogen osteomiyelit (Akjigitov GN, Yudin Ya.B. 1998. 283)

Qorin churralari (Tyskin KD, Jebrovsky VV 2004. 230 s)

Bolalar ko’krak jarrohligi (Struchkov VI, Pugachev AG 1975. 559 s)

Bolalarda osteomiyelitni davosi (Ternovoy KS, Aleksyuk KP 1979. 256 s)

Bolalarda ichak tutilishlari (Bairov GA 1977. 160 s)

Bolalarda o’tkir appenditsit (Yudin Ya.B., 1988, 256 s)

Yiringli jarrohlik amaliyotlari (Voino-Yasenetskiy VF 2000. 704 s)

Chuvalchangsimon o’simta patologiyasi (Pronin VA, 2007, 271 s)

Peritonit (Savelyev VS, 2006. Litterra, 206 s)

Bolalardagi Urolitiyoz (Po’latov AT 1990. 208 s)

Jarrohlik kasalliklari va bemor parvarishi (Muratov SN, 1976, 284 s)

Bolalardagi o’pka jarrohlik kasalliklari (Rokitskiy MR 1988. 288 s)

Xirurgik bemorlarni klinik parvarishlash. O’quv Qo’llanma. Shevchenko A.A. – M .: GEOTAR-Media, 2007. – 416 s.

Umumiy xirurgiya bo’yicha ma’ruza kurslari. Malyarchuk V.I., 2008

Bemorlar umumiy parvarishi. O’quv qo’llanma. V.V.Murashko, E.G.Shuganov, RM: Meditsina, 1988. – 224 p.

Xirurgik bemorlarni parvarishlash asoslari. A.A. Gluhov, A.A. Andreev, V.I. Bolotskix, S.N. Jang. – Moskva: GEOTAR-Media, 2008. – 288 s.

Xirurgiyada hamshiralik ishi. Barikina N.V., 2012

Xirurgik bemorlar parvarishi. Tursunov B.S., 1993

Jarrohlik kasalliklari va bemorlarni parvarishi. Muratov S.N.

Ma’ruza. Bolalarda o’tkir va surunkali jarrohlik infektsiyasini tashxislash va davolash

O’pka va plevralarning yiringli-destruktiv kasalliklari (prezentatsiya)

Qorin churrasi asoratlari (prezentatsiya)

Bolalar xirurgiyasidan ma’ruzalar: tibbiy oliygohlarir uchun darslik , V. A. Kudryavtsev. Arxangelsk: 2007. — 468 s.

Bolalar xirurgiyasi: ma’ruzalar to’plami. A. A.Drozdov, M. V. Drozdova. EKSMO, Moskva; 2007.

Jarrohlik ko’nikmalari. V. I., 2007 Oskretkov. 256 s

O’tkir appendicit. A. G. Kriger, A. V. Fedorov, K. P. Voskresensky, A. F. Dronov – M.: Medpraktika-M, 2002, 244 s

Aseptika va antiseptika (1-kurs uchun taqdimot)

Kasalxona ichki infektsiyasi (1-kurs uchun taqdimot)

ScienceDirect.com saytidan maqolalar, 2018 yil may oyi (100 ta maqola)

ScienceDirect.com saytidan maqolalar 2018 yil iyun oyi (109 ta maqola)

ScienceDirect.com saytidan maqolalar 2018 yil sentabr oyi (114 ta maqola)

Professor N.Sh. Ergashevning «Bolalardagi xirurgik kasalliklar va rivojlanish nuqsonlarini tekshirish va davolashni tashkil etishninig zamonaviy tendentsiyalari» mavzudagi ma’ruzasi.

Professor Ergashev N.Sh.ning “Bolalarda qorin bo’shlig’da paypaslanuvchi o’sma sindromi” mavzudagi ma’ruza matni

Bolalarda qorindagi o’tkir og’riq sindromi

ScinceDiretst.com (oktyabr 2018) 107 ta maqola

Ichak tutilishi (taqdimot)

Hirschsprung kasalligi (ingliz tilida taqdimot)

Bolalarda jarrohlik kasalliklari. Muallif Isakov Yu.F. (2008)

Otamurodova F.A.ning PhD dissertaciyasi avtoreferati

Bolalarda qorin shikastlanishlari

Bolalarda qizilo’ngachning kimyoviy kuyishlari

Bolalarda qorin old devori rivojlanish nuqsonlari (taqdimot)

Bolalar kichik jarrohligi. Shamsiev A.M., Hamrayev A.J. (PDF formatda)

Bolalar xirurgiyasi fanidan vaziyatli masalalar to’plami (PDF formatda)

«Bolalar jarrohligida diagnostika standartlari va amaliy ko’nikmalar algoritmlari» kitobi. Shamsiev A.M., Kirgizov I.V., Yusupov Sh.A., Shamsiev J.A.