Kafedraning ilmiy izlanish yo’nalishi quyidagicha: ”Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhida ichki kasalliklarni patogenezi, klinika, diagnostika va davolashning o’ziga xos xususiyatlari”. Bu yo’nalish kafedra kollektivi tomonidan 2004- yildan beri ishlab chiqilyapti. Izlanishlarga kafedra mudiri t.f.d., professor Babadjanov A.S. ilmiy rahbarlik qiladi. Hozirgi vaqtda bu mavzu bo’yicha 1 ta doktorlik dissertatsiyasi himoya qilingan (Babadjanov A.S “Aholining himoyaga muhtoj guruhi – klinik xarakteristika va tibbiy yordam tashkil qilish prinsiplari”. 2007-yil ). Bu ishda olingan asosiy natijalarga bu guruhda populyatsiyaga nisbatan kasallanish va nogironlik darajasining yuqoriligini kiritish mumkin. Shu bilan birga o’rganilgan guruhdagi nozologik kasalliklar spektri populyatsiya bilan deyarli bir xil. Shunga asoslangan holda ijtimoiy kam ta’minlangan aholi asosiy tibbiy yordam turlariga – ambulator- poliklinik, statsionar, tez yordamga ko’proq muhtoj. Hozirgi kunda bu yo’nalish bo’yicha 1ta doktorlik (Kenjayeva G.R. “Jigarning holati – ayolning reproduktiv salomatligi komponenti sifatida. Kompleks klinik- labarator va ijtimoiy – gigienik tekshiruv”) va 3 ta kandidatlik dissertatsiyalar tayyorlanmoqda. Kafedra xodimlari ilmiy tekshiruvlarni o’tkazishda O’zR Sog’liqni Saqlash Vazirligi davolash – profilaktika ishlari bo’yicha bosh boshqarmasi, Toshkent shahar VTEKi, Toshkent Tibbiyot Akademiyasi markaziy ilmiy tekshirish labaratoriyasi, ToshPTI klinikasi, 5- shahar klinik shifoxonasi, O’zR Sogliqni Saqlash Vazirligi qoshidagi 7- markaziy poliklinikasi bilan hamkorlik qiladilar. Tekshiruv natijalari 70dan ortiq nashrlarda o’z ifodasini topgan, ulardan 25tasi jurnal maqolalari, shu qatorda 4 tasi xorijiy jurnallarda chop etilgan, xalqaro va respublika konferensiya va kongresslarida ma’ruza qilingan. Ilmiy tekshirish natijalari O’zR SSV qoshidagi mediko- sanitar birlashmaning 2- markaziy poliklinikasi, 5-shahar klinik shifoxonasi, ToshPTI klinikasi terapiya bo’limi va respublikaning boshqa davolash profilaktika muassasalarida amaliyotda qo’llanib kelinmoqda.
Tekshiruv materiallari ToshPTI fakultet terapiya kafedrasi , TTA ichki kasalliklar kafedrasida terapiyani o’qitishda, TTA umumiy va radiatsion gigiyena kafedrasida radiatsion gigiyena fanini o’qitishda, TTA va ToshPTI jamoat salomatligi, tibbiy menejment va marketing kafedralarida ijtimoiy gigiyena va sog’liqni saqlashni tashkillashtirishni o’qitishda va shu qatorda ToshVMI da vrachlik mehnat ekspertizasini o’qitishda qo’shimcha adabiyotlar sifatida qo’llaniladi. Chernobil atom – elektro stansiyasi halokatining likvidatorlarida asab tizimi patologiyalarini tashxislash va davolash bo’yicha uslubiy tavsiyalar chop etilgan (Toshkent 2000).
Kafedra talabalar muammo- ilmiy bo’limi tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy ishlarini bajarish «Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj guruhlar da patogenezi, klinikalar, tashxis, davolash va ichki tibbiyot oldini olish xususiyatlari.» Talabalarning ilmiy jamiyati ish uchun mas’ul Tuxvatulina E. R. bo’lib.
Katta talabalar Toshkentda o’tkazilgan muzeyida, konferentsiyalar, kongresslar va terapiya, kardiologiya, gastroenterologiya va boshqa anjumanlar.